1. 1. Tez ishlaydigan, ishni tez, chaqqon bajaradigan.
Tezkor usta,
▬
O‘rinboy tezkor, har qanday ishni ham tez bajo etishni yoqtiradiganlardan.
T. Rustamov, Mangu jasorat
2. 2. Tezlik bilan harakat qiluvchi, tezlik bilan natijaga erishishni ta’minlovchi.
Kurt boqishning tezkor usuli haqidagi bu dovruq butun mamlakatga ham taraldi.
I. Muqimov, Ipak tolasi
Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi tuzgan tezkor guruh a’zolari bozorlarni zimdan kuzata boshladilar.
Gazetadan