Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tezis}
So‘z bo‘g‘inlari: te-zis
Izoh(lar)i:
tezis ot

1. 1. Ilmiy asar, maqola, ma’ruza va shu kabilardagi asosiy g‘oyalarning qisqa va lo‘nda bayoni. Ma’ruza tezisi. Saodatxon stol ustidagi tezislarini olar ekan, soatiga qaradi. S. Zunnunova, Yangi direktor

2. mnt. nt. Haqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm, mulohaza, fikr. Shoir dunyoqarashining barkamolligidan darak beruvchi bu tezis uning qator asarlarida turli shakllarda juda ko‘p qaytarilgan. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.