1. 1. Hayvon yoki qush axlati; go‘ng.
Mol tezagi.
▬
Yigitlar qo‘ylarning siydik va tezaklariga bulg‘anib yotgan tutqunlarning qo‘l-oyoqlarini yechib, qo‘radan haydab chiqarmoqchi bo‘ldilar.
S. Ayniy, Qullar
— Oq qushlarning tezagi oppoq bo‘lar ekan, — dedi Shum bola.
G‘. G‘ulom, Shum bola
2. 2. Qurigan yoki yoqish uchun maxsus quri-tilgan go‘ng (asosan, mol go‘ngi).
Haydar o‘choq ichiga ko‘milgan o‘tni ochib, ustiga bir dona tezak qo‘yib, puflab, bir oz yashnatdi.
S. Ayniy, Qullar
O‘choqda tezak miltillab yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi.
S. Anorboyev, Oqsoy