Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {texnika}
So‘z bo‘g‘inlari: tex-ni-ka
Izoh(lar)i:
texnika ot

1. 1. Jamiyatning inson faoliyatidagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshiruvchi va noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi vositalar yig‘indisi. Ilg‘or texnika. Aviatsiya texnikasi. Paxta terish texnikasi. Texnika fanlari. Texnikadan unumli foydalanmoq. Dushman Oryol va Belgorod rayonlariga bu kungacha hech qaysi frontda ko‘rilmagan yoki oz ko‘rilgan texnikani taxt qilib qo‘ygan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Hayitqulov, Yer tafti
Bizning zamonamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarning shiddat bilan rivojlanishi, fan va texnika taraqqiyotining tezlashishi bilan xarakterlanadi. Fan va turmush

2. 2. Ishlab chiqarishning biror sohasida qo‘llanadigan mashina, mexanizm, asbob, qurol, moslama va shu kabilar majmui.

3. 3. Biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan mahorat darajasi, malaka va ko‘nikmalar yig‘indisi; san’at, mahorat. Suzish texnikasi. Qurilish texnikasi. Sport texnikasi. Balet texnikasini egallamoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.