1. 1. Jismoniy, ruhiy jihatdan zaiflashmagan; bardam.
Onam yetmishdan oshib qolgan bo‘lsalar ham, hali ancha tetiklar
M. Qoriyev, Oydin kechalar
Ibrohim ota bardammi, Oysha xola tetikmi, ukang Sherniyoz sog‘mi?
J. Sharipov, Xorazm
Og‘aynilar tushkunlikka tushmadilar. Quvnoq va tetik kayfiyatda xayrlashdilar.
F. Musajonov, Himmat
2. 2. Harakat-holati, darajasi va shu kabilar jihatdan bardam, tiyrak.
Temirjon odamlar qatori ko‘paygan trotuarda ildam va tetik qadam otib borardi.
J. Abdullaxonov, Oriyat
Aziza o‘zini bir oz oldirgan, ammo hamon o‘shanday chiroyli, ko‘zlari kirtayib qolgan bo‘lsa ham, tetik boqar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Soylik tomondan kelayotgan tetik va yangroq ovoz Elmurodning o‘yini buzdi.
Shuhrat, Shinelli yillar
3. ko‘chma hma Hayiqishni bilmaydigan, dadil gapiradigan, o‘z fikrini baralla ayta oladigan.
Qandolat opaga ne balo bo‘ldi, deyman, hayron bo‘laman. Gapga chaqqon, tetik xotin edi-ku!
Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
Pochchayev, qurilishga biron fikri tetikroq bola kelib qolsa, darrov iziga tushadi.
A. Muxtor, Tug‘ilish