Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tesh} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tesh-moq
Izoh(lar)i:
tesh fl

1. Parmalab, o‘yib, suqib, kuydirib yoki boshqa biror yo‘l bilan teshik hosil qilmoq. Tunukani mix bilan teshmoq. Taxtani cho‘g‘ bilan teshmoq. Yog‘ochni parma bilan teshmoq. O‘q zirhni teshib o‘tolmabdi. Suv to‘g‘onni teshib o‘tibdi. Tomchi toshni teshar. Maqol
Bu miltiqlar otilmaydi — o‘qdoni teshib qo‘yilgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
Mahallaning ba’zi bir o‘spirinlari pichoq bilan qopni yo yashikni teshar, cho‘ntaklariga qo‘rqa-pisa meva solardilar. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.