1. 1. Sochilib yoki to‘kilib yotgan narsalarni qo‘l bilan birma-bir olib to‘plamoq, yig‘moq.
Soylikdan mayda tosh termoq. O‘tin termoq.
▬
Ertalab Begoyim: G‘ulomjonlarning qantak o‘rigi to‘lib yotibdi, terib kelgin, deb tayinlovdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Don, meva, gul va shu kabilar o‘simlik hosilini birma-bir olib to‘plamoq, yig‘moq.
Gul termoq. Yong‘oq termoq. Mosh termoq. Olcha termoq.
▬
Paxta tersang, toza ter, Chanog‘ida qolmasin.
Qo‘shiqlar
Bahor keldi elimizga — Ko‘m-ko‘k bo‘ldi bog‘, dala. Sevinch to‘lib dilimizga, Terib keldik gullola.
I. Muslim
Toqqa chiqib terganing Pista bilan bodommi?
Qo‘shiqlar
3. 3. Ma’lum tartibda ustma-ust, yonma-yon yoki birin-ketin joylamoq, o‘rnashtirmoq, taxlamoq.
Kitoblarni tokchaga termoq. Omborga qovun terib qo‘ymoq. Savatga non termoq. Yashiklarga olma termoq.
▬
Nigor oyim oshxonada mantilarni qasqonga terib, qozonga uyar, Ra’no bo‘lsa, ayvonda kichkina ukalari orasida o‘tirar edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. 4. Narsalarni teshib yoki teshigidan ip, sim va shu kabilar o‘tkazib, qator, yonma-yon joylashtirmoq, tizmoq.
Ipga munchoq termoq.
▬
Hayotxon bechora ip eshib, marvaridlarni terishga o‘tirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Eshonxon chaqqonlik bilan sixlarga kabob terardi.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
O‘ziyam uncha-muncha marjonlardan emas, un ikki shoda-ya! Munchani terguncha, yuraging qon bo‘lib ketadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
5. 5. Narsalarni joyidan, orasidan bir-ma-bir yulib, ajratib olib tashlamoq.
U [Mulla Shamsiddin] eshik oldidagi supada, oldida bir g‘alvir mayiz, cho‘pini terib o‘tirgan edi.
A. Qahhor, Bashorat
Sigirning qulog‘iga yana kana tushibdi! Kanadan ham ko‘ra sigir uning [Baqoyevning] achchig‘ini keltirar edi: kanani teray desa, qo‘ymaydi, boshini silkiydi, pishqiradi.
A. Qahhor, Adabiyot muallimi
6. plgrf. rf. Bosish, nashr etish uchun tipografik belgi va harflarni tegishli tartibda joylashtirib, biror matn hosil qilmoq.
E’lonni yirik harflar bilan termoq.
7. 7. Ayrim belgi yoki raqamlarni yonma-yon, birin-ketin olib, keltirib, biror butun-lik hosil qilmoq.
La’lixon gaplashish uchun telefon oldiga bordi, trubkani qo‘liga olib, kerakli nomerlarni tera boshladi.
Oydin, Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit
8. 8. Saralamoq, tanlamoq.
Futbol komandasiga kuchli o‘yinchilar terib olindi.
▬
Polklardan ajratib, terib olingan hujumkor otryadlar artilleriya otishmalaridan so‘ng dushman ustiga tashlandi.
Nazarmat, Jo‘rlar band sayraydi
9. 9. Ketmon, tesha, bolta kabi asboblar yuzini bolg‘alab tekislamoq, yoymoq yoki o‘tkirlamoq.
Ketmon yuzini termoq. Tesha tig‘ini termoq.