1. tex. ex. Hisoblash sistemasi tarkibiga kiruvchi, axborotlarni sistemaga kiritish va undan chiqarib olish uchun mo‘ljallangan chetda turuvchi, sirtqi moslama (kompyuterda ishlaganda, monitor, sichqoncha, klaviatura kabilar terminal hisoblanadi).
2. 2. Portning (havo yoki dengiz portining) konteynerli va bog‘lama yuklarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan qismi.
3. 3. Umuman, katta miqdordagi yuk, narsa-buyum vaqtincha, mavsumiy saqlanadigan ombor.
Paxta tolasi terminali.
▬
Terminallar, o‘z navbatida, tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzgan shartnomalariga ko‘ra, tolani eksportga ortishadi.
Gazetadan
tayyor mahsulotlarning terminallar orqali xorijga chiqarilayotgani qayta ishlash korxonalariga ham yangi imkoniyatlar eshigini ochdi
Gazetadan
4. 4. Plastik kartochkalar yordamida ishlaydigan, turli hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan elektron qurilma.
Respublikadagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilgan terminallar yordamida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Gazetadan
Bank mutaxassislari tomonidan o‘rna-tilgan 1300 savdo terminali va 20 bankomat mijozlar xizmatida.
Gazetadan