1. 1. Tergamoq fe’lidan harakat nomi.
2. huq. uq. Jinoyat yuz bergan sharoit, uning sabablari va qatnashchilarini tekshirish, so‘roq qilish ishi; jinoiy ish bo‘yicha dalillar yig‘ish.
Dastlabki tergov. Tergov organlari. Tergov natijasi. Tergov o‘tkazmoq.
▬
Sherbek rayonga jo‘nadi. Uni yana tergovga chaqirishgan edi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Rayon tergov idoralarining vakillari tomonidan jinoyat sodir bo‘lgan joyda tekshirish o‘tkazilib, tegishli aktlar tuzilgandan keyin, jasadni aravaga solib, qishloqqa olib keldilar.
P. Tursun, O‘qituvchi