Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tep} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tep-moq
Izoh(lar)i:
tep fl

1. 1. Oyoq bilan zarb bermoq. Koptok tepmoq. Eshikni tepib ochmoq. Itni qopmas deb bo‘lmas, otni tepmas deb bo‘lmas. Maqol
U [Soli sovuq] shoshib-pishib, Azim boyvachchaning ko‘kragidan itarib edi, Azim uning kindigiga o‘xshatib tepdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Polvon uni bir tepib, yerga ag‘natdi-yu, bo‘g‘zidan bosib turaverdi. S. Siyoyev, Avaz

2. 2. Oyoq bosib, tepkilab biror ish qilmoq. Tom tepmoq. Loy tepib pishitmoq. Kechalari shinni uchun uzum tepadilar, kunduzi ularni aravalab shaharga tashiydilar. Oydin, Yamoqchi ko‘chdi
Loy tepish, loy qorish ishlari qilinmaydi. Mushtum

3. 3. O‘q uzish yoki boshqa bir ish paytida zarb bilan orqaga siljimoq, urmoq. Bu miltiq qattiq tepar ekan. Nima balo bo‘ldi, mashinaning ruchkasi tepib oldimi, dey-man I. Rahim, Shonli avlod

4. ko‘chma hma Ritmik harakat qilmoq, dukullamoq, urmoq (yurak va qon tomirlari haqida). Yuragim gurs-gurs tepadi. Ular [yigit bilan qiz] darvoza tagiga o‘tirdilar va shu zayl bir necha vaqt nafaslarini yutib, go‘yo bir xilda tepayotgan qalblarini tinglab, indamay qoldilar. P. Tursun, O‘qituvchi
Bashorat o‘zining oqarib ketganini sezdi, chakka tomirlarida qon gupullab tepardi. A. Muxtor, Opa-singillar

5. ko‘chma hma Tepaga, yuzaga (sirtga) ko‘tarilib chiqmoq, ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq. Qizamiq sirtga tepdi. Sizot suvlar yer betiga tepib chiqdi. Ter kuchli ishqorli reaksiya beradi va u tanaga tepib, sho‘rga aylanadi. Fan va turmush
Nima uchundir yuragi hovliqar, tez-tez urar edi. Yuziga qon tepgan. Shuhrat, Shinelli yillar
Onaning dili o‘g‘lining yuziga tepib chiqqan alamli norozilikni, aniq bo‘lmasa ham, darrov sezgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy

6. 6. Ba’zi so‘zlar bilan birikib, narsaning shu so‘z bildirgan joyga urishi, yetishi ma’nosini bildiradi. Ana, g‘o‘zalarimizga o‘zingiz bir qarang, belga tepadi-ya! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. orqasiga tepmoq: voz kechib haydamoq, quvmoq.

2. to‘ydirganning qorniga tepmoq: Yaxshilik, himmat qilgan, qo‘llab-quvvatlaganga yomonlik bilan javob bermoq ma’nosidagi ibora

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.