1. 1. 1 Oyoq bilan berilgan zarb.
Xudoyqul bir nafas g‘ingshib yotdi. Tepkidan og‘rigan joylarini sekin-asta siladi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bola ko‘rsatilgan ikkinchi so‘zni o‘qiyman deb turganda, sinf eshigi qattiq tepkidan lang ochilib, ichkariga sovuq yopirilib kirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. To‘p, zambarak kabi otish qurollaridan o‘q uzilganda, uning orqaga beradigan zarbi.
To‘pning tepkini kamaytiradigan qurilmasi.
3. 3. O‘q otadigan qurollarning otish mexanizmini ishga soluvchi qismi.
Pulemyot tepkisi. To‘pponcha tepkisi.
▬
Otaymi, otmaymi! O‘ng qo‘lining barmog‘ini miltiq tepkisiga yuborib, uni bosayotgan joyda yana to‘xtadi.
I. Rahim, Chin muhabbat
4. 4. Mahalliy to‘qish dastgohining oyoqlar bilan galma-gal bosib, dastgohni ishga tushirish, uning muntazam ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan qismi.
Hojiyaxon bo‘z to‘qishni endi o‘rgangan, o‘ng qo‘li tasma g‘altakni tortsa, chap oyog‘i tepkini bosolmas, o‘ng oyog‘i tepkini bossa, chap qo‘li gulani juftlolmas edi.
A. Muxtor, Opa-singillar
5. 5. Dastgohning shu qismini bosganda to‘qilib, zichlangan moki ipi.
Atlasning tepkisi qancha ko‘p bo‘lsa, abr bezakdan olinadigan taassurot shunchalik zo‘r bo‘ladi.
Gazetadan
6. 1. 1 Asosan, bolalarda uchraydigan, quloq oldi bezining yallig‘lanishidan iborat o‘tkir yuqumli kasallik.
Tepki ko‘proq qish, bahor fasllarida uchraydi.
I. Fozilov, Tepki
Tepki kasali bilan hamma yoshdagilar ham og‘rishi kuzatiladi.
Saodat
7. 2. Ayrim kasalliklar tufayli paydo bo‘ladigan mayda, pufakchasimon qizil dog‘lar; toshma, gul.
Qizilcha kasali yuqadigan bo‘lib ikkinchi kunida kishining taniga qizil tepkilar chiqadi.
Z. Tohiriy, Sog‘liqni saqlash