1. 1. Tengi, misli yo‘q, mislsiz; haddan ziyod.
Tengsiz go‘zal qiz. U so‘z san’atida tengsiz edi.
▬
— O‘zim ko‘rmadim, — dedi Oftob oyim, —ammo ko‘rguvchilarning so‘zlariga qaraganda, o‘xshashsiz ko‘rkam, tengsiz aqlli bir yigit emish.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Fashist gazandalari xalq xo‘jaligiga tengsiz zarar yetkazdilar.
N. Safarov, Olovli izlar
2. 2. Biror jihatdan (masalan, mavqe, haq-huquq, kuch-qudrat va boshqalar jihatdan) teng kelolmaydigan, teng bo‘lmagan.
Tengsiz bilan teng bo‘lma!
Maqol
Maqol bor: orzuga ayb emasdir, Yigitman, menga sen tengsiz demasdir.
Habibiy
Biz mamlakat ichkarisidagi qismlarni chegaraga to‘play olmadik. Birinchi kunlarda tengsiz janglar bo‘ldi.
I. Rahim, Chin muhabbat