1. 1. O‘lchami, hajmi, katta-kichikligi, soni va shu kabilar jihatidan o‘xshash, bir xil, baravar.
Teng masofalar. Uzunligi teng yog‘ochlar. Teng yeganni tangri sevibdi.
Maqol
Biz qachon o‘qiymiz? deb Qamishkapaning teng yarmi bo‘lgan ayollar talab qilsa-yu, ularning talabini qondirish birinchi galda sovetning vazifasi emasmi?
P. Tursun, O‘qituvchi
Ikki tomoni teng bo‘lgan uchburchak teng yonli uchburchak deyiladi.
Geometriya
2. 2. Yoshi jihatidan baravar, tengdosh, tengqur.
Teng bolalar.
▬
O‘ktamboy ham o‘z tenglari ichida durkun, orqasida olti pud yuk ko‘tarish bilan maqtanadirgan yigit.
A. Qodiriy, Obid ketmon
3. 3. Ahamiyati, tutgan o‘rni, mavqeyi, nufuzi, haq-huquqi va shu kabilar jihatidan o‘xshash, bir xil, baravar.
Bu yerda u [Elmurod] birinchi marta o‘zini boshqalar bilan teng odam his qilar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Uning [Umri] uchun olamda o‘ziga teng odam yo‘q, u bilgan odamlar yo o‘zidan past, yo o‘zidan yuqori.
A. Qahhor, Xotinlar
To‘lib yetilgan qiz endi uning [yigitning[ ko‘z oldida tengi topilmas go‘zal bo‘lib qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
[Xumorxon:[ Burungi vaqtda erlarga cho‘ri bo‘lgan xotinlar hozir erlar bilan teng.
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
4. 4. Bir-biriga mos, muvofiq, munosib.
Tengini topsang, tekin ber.
Maqol
Teng-tengi bilan, tezak qopi bilan.
Maqol
Chin do‘st tug‘ishganing bilan teng.
Maqol
Men hech sening tenging emasman. Omonim bor — seni demasman.
H. Olimjon
Akasi munosib, axloqli, odobli, or-nomusli yigit bo‘lsa, bu qiz ham uning tengi, munosibi edi.
Mushtum
5. rvsh. sh. Bir-biridan qolishmay yoki o‘z-may, ayni bir paytda, bir vaqtning o‘zida; baravar.
Ular teng tug‘ilgan. Bu ko‘chatlar teng ekilgan. Teng ishlamoq.
▬
Tohir-Zuhra holidan bir kalima eshiting: O‘qib, o‘ynab bir bog‘da ulg‘ayar edilar teng.
S. Abdulla, Tohir va Zuhra
6. ko‘m. vzf. zf. (3-shaxs egalik shaklida) Tenglik jihatdan o‘xshatish, qiyos ma’nosini bildiradi; qatori.
Bu — qotmadan kelgan, qoracha, leytenant Sultonov tengi yigit edi.
O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri
Anvar uz tengi bolalar bilan oz aloqa qilar, ularga kam aralashar edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
[Oqiljon] O‘zi yaxshigina, siz tengi kishi edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Xalq tengi dam olmoq — bu huquqimiz
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar