1. 1. Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element, bolg‘alanganda yassilanadigan, istalgan shaklga kiradigan, uglerod bilan qo‘shilganda, po‘lat va cho‘yan hosil qiladigan qoramtir kumush rangli og‘ir metall. Sof temir. ▬ Magnit ham temirni domiga tortadi, kesakni torta olmaydi. P. Qodirov, Uch ildiz Uning [Qoratoyning] o‘n uch yashar o‘g‘li dam bosib, kichik bolg‘a bilan temirni urib, dadasiga yordamlashardi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. s. t. t. Umuman, temir, po‘lat va shu kabilar va ulardan yasalgan buyum-narsalar. Temir qoshiq. Temir ko‘prik. Temir panjara. Temir o‘choq. Temir darvoza. ▬ Yigit uzoqda haybatli temir uyumlari singari ag‘nab yotgan pachoq parovozlarga tikildi. Oybek, Quyosh qoraymas Samolyotning kichkinagina zinapoyasiga bir oyog‘imni qo‘yib, eshigidan ushlagan edim, qo‘llarim temirga chip etib yopishib qolsa bo‘ladimi! N. Fozilov, Diydor
1. temir daftar: s.t. ko‘chma Yozuvlari qonun kuchiga ega bo‘lgan daftar
2. temirni qizig‘ida bosdi: biror ishni ayni vaqtida qildi