1. 1. Uzoq masofalarga telegramma, radiotelegramma tarzida shoshilinch xabar uzatish yoki uni qabul qilib olish uchun xizmat qiladigan aloqa tizimi va uning vositalari.
Telegrafning kashf etilishi. Telegraf stansiyasi. Telegraf aloqasi. Telegraf apparati. Telegraf simlari.
▬
Stansiyaning idorasi, pochta va telegraf ikkita ko‘k vagonga joylashgan.
R. Fayziy, Ta’zim
2. 2. Shunday xabarlarni yuboradigan va qabul qilib oladigan aloqa muassasasi va uning binosi.
Toshkent markaziy telegrafi. Telegrafga bormoq. Telegrafda ishlamoq.