1. 1. Uzoqdan turib so‘zlashishga, ovoz, nutqni masofaga uzatishga xizmat qiladigan elektr aloqa qurilmasi va uning signal qo‘ng‘irog‘i hamda gaplashish trubkasi bo‘lgan apparati.
Telefonda (telefon orqali) gaplashmoq. Telefon bilan xabar qilmoq. Telefon stansiyasi.
▬
Telefon jiringladi. Sulaymonov trubkani oldi.
A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
Kitob mutolaa qilib o‘tirgan Normurod bir sapchib tushdi-yu, qo‘rqa-pisa telefonga qo‘l cho‘zdi.
O. Yoqubov, Diyonat
2. 2. Telefon aloqaning qisqa nomi.
Ba’zi gazeta xodimlari materiallarni telefon orqali oladilar.
Mushtum