1. 1. To‘g‘ri-noto‘g‘ri, haq-nohaqligini bilish maqsadida ko‘zdan, e’tibordan o‘tkazmoq.
Inshoni tekshirmoq.
▬
Amirzodam, gapim yolg‘on bo‘lsa, bugun kechasi tekshirib ko‘ring.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Darsimni ham tayyorlab bo‘ldim. Ana, dadamdan so‘rang: tekshirib ko‘rdilar.
S. Zunnunova, Yangi direktor
2. 2. Mohiyatini, haqiqiy holni bilish, aniqlash uchun ko‘zdan, e’tibordan o‘tkazmoq.
Ishga qabul qilishda sinab ko‘rish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga mas’uliyatini tekshirib ko‘rishdir.
Gazetadan
Endi ovozini tekshirib ko‘raman deyayotganda, telefon jiringladi.
T. Ashurov, Oq ot
3. 3. Ilmiy asosda o‘rganmoq, tahlil, tadqiq qilmoq.
Gulning tuzilishini tekshirmoq. Qonning tarkibini tekshirmoq.
▬
Kichik avtobuslardagi laboratoriyalarda esa suv va tuproq tarkibini tekshirish, klinik tadqiqotlar olib borish mumkin.
Gazetadan
4. 4. Nazorat uchun ko‘zdan kechirmoq, taftish, reviziya qilmoq.
Qarorning ijrosini tekshirmoq. Kassani tekshirmoq. Ferma xo‘jaligini tekshirmoq.
▬
— To‘xta, qayerga borasan? Sen komissiya a’zosisan-ku. Tekshirishni bitkazganimizdan keyin, aktga qo‘l qo‘yib, so‘ngra o‘z ishingga borasan.
S. Ayniy, Qullar