1. 1. Ortiqcha sarfga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib ish tutmoq, ayash, tejam bilan sarflamoq.
Umidning qiyinchilik bilan katta bo‘lganini hamma bilardi — kiyimni yaxshi kiyishi, pulni tejashi ham shundan.
Mirmuhsin, Umid
Malaxov qancha ayab, tejab otmasin, o‘qi kutgandan tez tugab borardi.
Shuhrat, Shinelli yillar
Minutlarni tejang, o‘tmasin damlar
R. Bobojon
2. 2. Isrof qilmaslik yo‘li bilan orttirmoq, ishlatmay, sarflamay qoldirmoq.
Shunday bo‘lsa ham, tushlikka chiqqanda, yarim soatgina vaqtni tejab, oshxonadan chiqdi-yu, Halim boboning bog‘iga yo‘l oldi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yem-xashakdan mohirona foydalanish tufayli chorvadorlar ko‘p miqdordagi donni tejab qoldilar
Gazetadan
3. 3. Kimsani yoki o‘zini ehtiyot qilmoq, ayamoq, saqlamoq.
Bolani o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi, uni tejab, tergab turish kerak.
▬
Qutidor qizining peshonasini ushladi: — Ey, ha Kumush, hali issig‘ing bor, — dedi. — O‘zingni teja, qizim, o‘rningni qalin qilib, burkanib yot, terlasang — yorishasan, qizim!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar