Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tegishli}
So‘z bo‘g‘inlari: te-gish-li
Izoh(lar)i:
tegishli [te-gish-li ]

1. Talabga, vaziyatga, qonun-qoidaga va shu kabilarga mos, muvofiq; shu jihatdan kerak, loyiq, lozim bo‘lgan. Bu xabarni professorga bildirdim, undan tegishli konsultatsiya oldim. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi

2. Kimsa yoki narsaga qarashli, aloqa-dor, taalluqli bo‘lgan. Ularning [xotinlarning] chag‘ir-chug‘ur aralash qahqahalari hovlini yangratadi. Gulnorga tegishli to‘rdagi bir uy, bir ayvon jimjit. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Daxli bo‘lgan, muayyan, belgili. Senlar bilan tegishli joyda gaplashaman, ertagayoq domla-imomlar bilan orani ochdi qilaman. S. Karomatov, Hijron

4. O‘ziga yarasha, lozim bo‘lgan; kerakli. Tekinxo‘r va bezorilar odil sud tomonidan tegishli jazosini oldi. Gazetadan. Soib Ismoilovning jasoratidan ruhlangan jang-chilarimiz dushman hamlasiga tegishli javob berdilar. T. Rustamov, Mangu jasorat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aloqador [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.