Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tebrat} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: teb-rat-moq
Izoh(lar)i:
tebrat fl

1. 1. Tebranma harakatga keltirmoq, bir tekisda u yoq-bu yoqqa chayqaltirmoq; umuman qimirlatmoq. Boshni tebratmoq. Beshikni tebratmoq. Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uzun sariq kapgirini bir maqomda tebratib chiqillayotgan katta devor soat uzib-uzib dang‘illay boshladi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Joyidan qo‘zg‘atmoq, biror tomonga surmoq, siljitmoq, qimirlatmoq. Uni hech tebratib bo‘lmaydi, shunaqangi og‘ir karvon. Amir Badriddin kuchli xatarlar bilan dushmanni asta-asta tebratib, harakatdan mahrum qilishga tirishardi. Oybek, Navoiy

3. ko‘chma hma Larzaga keltirmoq, solmoq. Men gapimni tamom qilib, endigina blindajga tushib ketmoqchi edim, qandaydir snaryadlarning chinqirig‘i quloqqa xunuk eshitildi va birin-ketin gumburlab, o‘rmonni tebratib yuborgudek bo‘ldi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan

4. 4. Biror ishni olib bormoq, yurgizmoq. Oilani tebratmoq. U [Mahmud Torobiy] sahardan to shomgacha mehnat qilib, katta ro‘zg‘orini tebratib turardi. M. Osim, Mahmud Torobiy
Ikki o‘g‘il uyni gulday tebrata boshladi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
Bundan keyin dehqonchilikni bilim-siz tebratish qiyin-da. H. Nazir, Eng muhimi
Gapiga gap topib berolmay, suvga tushgan mushukday bir chekkada o‘tirishlik holing bor ekan, idora tebratish sendaqaga yo‘l bo‘lsin. J. Abdullaxonov, Xonadon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.