Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tebran} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: teb-ran-moq
Izoh(lar)i:
tebran fl

1. 1. Goh u tomonga, goh bu tomonga bir tekis harakat qilmoq; chayqalmoq. Soat kapgiri bir tekis tebranmoqda. Salmoqdor boshoqlar shamolda mayin tebranadi. Shiftga osig‘liq belanchak bir tekis tebranarkan, tokchadagi chiroq nurida hovli yuziga uzun-uzun soya tashlab o‘tardi. S. Ahmad, Hukm
Kuy boshlanib, raqqosa o‘yinga tushishi bilan, atrof jimjit bo‘lib qoladi. Hamma o‘tirgan joyida tebranardi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

2. 2. Umuman qimirlamoq, silkinmoq. Shu vaqt yana bir qarmoq yog‘ochi tebranib qoldi. H. G‘ulom, Mash’al

3. 3. Notekis harakat qilmoq, u yoqdan bu yoqqa chayqalib yurmoq, lapanglamoq. Mashina sharshara ko‘prigidan o‘tib, katta shag‘al yo‘lga tushgach, o‘nqir-cho‘nqir joylarda tebrana boshladi. I. Rahim, Ixlos

4. 4. Joyidan qo‘zg‘almoq, qimirlab qo‘ymoq; jilmoq. O‘tirganlar bir tebranib olishdi. S. Ahmad, Hukm
boyvachcha xotinining ikki qulog‘iga chang soldi. Shahzodaxon joyidan tebranmadi. K. Yashin, Hamza

5. ko‘chma hma Joyidan bo‘shab, puturdan ketib, qimirlaydigan, liqillaydigan bo‘lmoq, omonat bo‘lib qolmoq. Oq podshoning taxti tebrana boshladi. Shahri vayron bo‘lsa, sulton tebranar. Murodxon

6. ko‘chma hma Amal-taqal bilan yurib, o‘tib turmoq (ro‘zg‘or, hayot va shu kabilar haqida). — Bozorlar yaxshimi? — Bir navi harchi tiriklik tebranib turadi, uka! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qishloq kattakon bo‘lgani uchun, bu ish ham yomon bo‘lmadi, ro‘zg‘orimiz tebranib turdi. A. Qahhor, O‘tmishdan ertaklar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: lapanglamoq , irralmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.