1. Aktyorlarning sahnadagi harakatlari orqali hayotni, hayotiy hodisalarni badiiy ravishda aks ettiruvchi san’at turi, shu san’atga asoslangan tomoshalar.
Kitob nashr etish, teatr, kino, televideniye va radioga katta e’tibor berilayotganining guvohi bo‘ldik.
Gazetadan
2. Shunday san’at vositasida tomoshalar qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi muassasa.
— Bizning teatr hali yangi-da. Usta o‘ynovchilar yo‘q, — izoh bera boshladi Abdishukur.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. Shunday san’at namoyish qilinadigan, tomoshalar ko‘rsatiladigan joy, bino.
[Alimardon] Teatr etagidagi bog‘ga kirgandagina o‘ziga keldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Aktyorlarning sahnadagi harakati orqali ko‘rsatiladigan tomosha; spektakl.
Esingda bormi, rayondan teatr ko‘rib kelayotgan kechamiz, aravada Sotiboldi, ashula aytamiz, deb Kanizakni qistadi, ko‘nmagandan keyin, sochidan tortdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari