1. 1. Xodadan uzunasiga tilib olingan yassi yog‘och bo‘lagi.
Qarag‘ay taxta. Taxtani randalamoq.
▬
Birinchi xonaga kiraverishda uzun enli taxta qo‘yilibdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
G‘ulomjon daladagi terakzorlaridan to‘rtta baqaterakni kestirib, taxta tildirdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Bo‘r bilan xat yozish uchun maxsus yasalgan maktab-o‘quv quroli.
Xonada o‘ntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Bolalarda daftar-u qalam, sinfda taxta-yu bo‘r bo‘lsa ham, o‘qish kitoblarining yo‘qligi G‘ulomjonni yomon dilxun qilar edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. tar. ar. Abjad yozilgan dastali taxtacha (eski maktabda o‘quv quroli sifatida ishlatilgan).
Ikki hafta harflar yozilgan taxta o‘qiganimdan keyin domla: — Shanba kuni haftiyakka tushasan — dedi.
A. Qahhor, O‘tmishdan ertaklar
4. 4. Turli maqsadda foydalanish uchun taxta, faner va shu kabilardan ishlangan narsa.
Shaxmat taxtasi. E’lonlar taxtasi. Yodgorlik taxtasi. Osh taxta,
▬
Men uni tennis taxtasiga boshlab, o‘zimcha o‘yin qoidasini tushuntirgan bo‘ldim.
H. Nazir, Yonar daryo
Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda shior va plakatlar, tematik stend va ko‘rsatkich taxtalari alohida o‘rin tutadi.
Gazetadan
5. 5. Turli o‘lchamdagi to‘rt burchak yaxlit qog‘oz, varaq.
Qoching! O‘zim yozaman, dedim. O‘tirib, yetti taxta qog‘ozni to‘ldirdim, eshitganlarimning hammasini yozdim.
Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir
Anavi qutida yaxshi, ko‘k chiziqli taxta qog‘oz bor, o‘shandan ikki varag‘ini olib, mana bu yerga o‘tir, qizim [dedi Onaxon].
A. Muxtor, Opa-singillar
6. 6. Shu taxlitdagi, o‘lchamdagi oyna, tosh, metall va shu kabilar; plita.
Marmar taxta. Bir taxta tunuka. Bir taxta oyna. Taxta choy.
▬
Maydonning bir chekkasidagi keksa majnuntol ostida bir-biriga suyab qo‘yilgan ikkita qora tosh taxta sag‘ana shaklini olib turar edi.
A. Qahhor, Xotinlar
Chetroqqa chiqib, beton taxtaga o‘tirdim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
7. q. x. x. Marza bilan ajratilgan yer bo‘lagi; karta.
Ikki taxta poliz. Tuyaning hazili bir taxta g‘o‘zani yeydi.
Maqol
Soyga tushguncha ko‘ndalang egatli alohida taxta boshlanadi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
Ochilgan yerni katta-katta taxta Qilib, ish boshladi ekmakka paxta.
Habibiy
8. Suyanchiqsiz keng divan.