Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taxla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tax-la-moq
Izoh(lar)i:
taxla fl

1. 1. Buklab, taxiga solib qo‘ymoq; buklab, taxiga solib joylamoq. Onam ustimdan choponimni yechib olib, taxlab qo‘yibdilar. E. Raimov, Ajab qishloq
Men shamshod xivichidan to‘qilgan buklama kursichamni taxladim. Guldasta
Xotin indamadi, ro‘(y)jani taxlab, stolning ustiga surib qo‘ydi. A. Qahhor, Asarlar

2. 2. Ustma-ust termoq, ustma-ust qo‘yib joylamoq. Tatar ayol kitoblarni bir chekkaga taxlardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Ota chaylaning to‘riga taxlab qo‘yilgan ko‘rpalar ustidagi yostiqqa ishora qildi: — Hech uyalib-netib o‘tirma. S. Anorboyev, Oqsoy

3. ko‘chma hma Ust-ustiga, ketma-ket keltirmoq, qo‘shmoq, qalashtirmoq(gap-so‘z va shu kabilar haqida). Keyin birinchi navbatda nima ishlar qilish kerakligini taxlab tashladi. J. Abdullaxonov, To‘fon
Maktab direktori Soat Pochinov., birpasda talay gapni taxlab tashladi. Gazetadan
bahona taxlab tashlayotgan Javhardan Rasuljonning jahli chiqdi. J. Abdullaxonov, Xonadon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.