1. Biror ish, lavozim, o‘qish va shu kabilarga loyiq ko‘rib taqdim etish, shunday mazmunli taqdimnoma.
Tavsiya berishdan oldin tavsiya beriluvchining barcha fazilatlarini taroziga solib turib, o‘z fikrini aytadi.
Gazetadan
2. Maslahat, ko‘rsatma.
Ibodovning tavsiyasi bilan xatni tarjima qila oladigan kishining uyiga bordi.
S. Karomatov, So‘nggi barxan
3. Foydalanish, amalga oshirish uchun belgilangan ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq.
Sanoat va qurilish sohalariga doir bir qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqarishga topshirildi.
Gazetadan