Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tavba}
So‘z bo‘g‘inlari: tav-ba
Izoh(lar)i:
tavba [tav-ba ]

1. Qilmishidan ta’zir yeb yoki pushaymon bo‘lib, uni qaytarmaslik uchun qilingan azm-qaror, berilgan va’da yoki qilmishi uchun so‘ralgan uzr. Mening tavbamni loaqal o‘zlaringiz uchun qabul qilingiz! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Taajjublanish, hayronlikni bildiradi. Tavba, odam yaqin kishisidagi kamchilikni ko‘rmas ekanmi, deb qo‘ydim. H. Nazir, Yonar daryo

3. Biror g‘ayritabiiy narsa, hodisa oldida istig‘for aytish, xudodan kechirim so‘rash ma’nosida qo‘llanadi. Hadeb: “O‘zing kechir”, tavba, astag‘firullo deyaverasiz-a Guldasta

4. Tasavvufda: solikning tariqat sari qadam qo‘yishidan oldin qilgan barcha gunohlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azm-u qaror qilishi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.