Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tavakkal}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-vak-kal
Izoh(lar)i:
tavakkal [ta-vak-kal ]

1. Oqibat-natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biror ishga jazm qilish, nima bo‘lsa bo‘lar, yo ostidan, yo ustidan zaylida qilingan harakat. Yo‘q, o‘rtoq Nizomov, biz tavakkal qilolmaymiz. Tavakkalning tubi tosh, boshingni ursang — yoriladi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. O‘zini Alloh irodasiga topshirish, butun umidni unga bog‘lash, uning marhamatiga ishonish. Ko‘rgilikdan, tavakkaldan, taqdirdan voz kechib, xalq real narsalarga ahamiyat beradigan bo‘ldi. Oybek, Nur qidirib

3. Tavakkalchilik bilan ish tutishni bildiruvchi, shunday hollarda qo‘llanuvchi so‘z. Biridan qochsang, boshqasiga tutilasan. Undan ko‘ra qochmaymiz! Tavakkal. Peshonaga bitgani bo‘lur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.