Qrim-tatar tiliturkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Asosan, O‘zbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya, Mongoliya, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (o‘tgan asrning 90-yil).
Qrim-tatar tilitarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shimoliy, o‘rta va janubiy lahjalar ajratilib, birinchisi no‘g‘ay tiliga, uchinchisi o‘g‘iz tiliga yaqin turadi. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyati jihatidan o‘zaro farqlanadi.
Fonetik xususiyati: lab va tanglay ohangdoshligining 2- bo‘g‘inga ta’siri, 2- darajali cho‘ziq unlilarning mavjudligi, ba’zan undoshlar assimilyatsiyasi kuzatiladi.
Morfologik xususiyati: kishilik olmoshlarining qaratqich kelishigidagi 1-shaxs birlik va ko‘plik shakllari menim, bizim tarzida qo‘llanishi bilan boshqa turkiy tillardan farqlanadi.
Leksik xususiyati: qrim-tatar tilileksikasida shu tilning o‘zigagina xos bo‘lgan «balaban» (katta), «qo‘ranta» (oila) kabi so‘lar bilan bir qatorda arab, fors, grek, italyan tillaridan o‘zlashgan so‘zlar uchraydi.
XX asrgacha bo‘lgan adabiy qrim-tatar tiliOltin O‘rda turkiy adabiy tilidan kelib chiqqan va unda Qrim xonlarining ko‘plab farmon va yorliqlari saqlanib qolgan. Eng qadimgi yozma yodgorligi XIII asrga mansub. XIX asrdan adabiy til bir necha marta isloh qilingan va so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirilgan. Hozirgi adabiy til o‘tgan asrning boshidao‘rta lahja asosida shakllangan.