Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tasnif}
So‘z bo‘g‘inlari: tas-nif
Izoh(lar)i:
tasnif [tas-nif ]

1. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab tur, turkum va shu kabilarga ajratish. O‘zbekiston toponimlarining leksik-semantik tasnifida terminologik bir xillik yo‘q. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Dunyo tillari genetik, morfologik, funksional, areal kabi tasniflarga ega.

Tillarning genetik tasnifitillarni kelib chiqishi, qarindoshligi asosida tasniflash. U geneologik tasnif ham deyiladi.Geneologik tasnifning ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Buni qadim olimlar va tarixchilar ham e’tirof etishadi. Tasnifning asoschilari F.Bopp, Y.Grimm, R.Rask, A.X.Vostokovlar. Ma’lumki, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bir bobo tildan ajralib chiqqan, o‘tmishda qardosh, qarindosh bo‘lgan tillar dalillarini o‘zaro qiyoslab o‘rganishi, shuningdek qayta tiklash vazifalarini o‘z ichiga oladi. Avgust Shleyxerning qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bo‘yicha qilgan ishlari bizga ma’lum (hind-yevropa tillarida bobo til, tillar shajarasi, bobo til haqida). Tillarning geneologik tasnifi til dalillarini tarixiy tamoyil asosida o‘rganib, tillarning qarindoshlik munosabatini aniqlaydi. Bu tasnif turi dunyo tilshunosligida ancha keng tarqalgan, deyarli barcha tillarni qamrab oladi. Tadqiqotlar natijasida tarixiy qarindoshlik belgisi asosida til oilalari deb ataluvchi bir necha yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin ekanligini aniqlashadi. Bir oilaga mansub tillar o‘zaro uzoq yoki yaqin «qarindoshlik munosabatlari» bilan bog‘lanadi, bu esa bunday tuzilishlar, aslida bobo til, asos tilga borib taqalishini ko‘rsatuvchi tillararo umumiy xususiyatlarda, uyg‘unlikda seziladi. Xuddi shuningdek, geneologik jihatdan turli til oilalariga mansub bo‘lgan tillarda tarixiy genezis asoslari yoki umumiy kelib chiqishini ifodalovchi so‘z va shakllar mavjud emas.

Tillarning hozirgi kungacha amaldagi geneologik tasnifi quyidagicha:

I. Hind-Yevropa oilasi keng tarqalgan oila, unda 2500 million so‘zlashashadigan tillar mujassam. Bu tillar ko‘proq Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Osiyo (mas., Hindiston), Amerika, hatto, Avstraliya va Afrikada ham Hind-Yevropa tillaridan foydalaniladi. Hozirgi hind-yevropa tillari quyidagi guruhlarga ajratiladi: hind, eron, slavyan, boltiq, german, roman, kelt , grek, alban, arman. Bu tillarning barchasi umumiy qonuniyatga ega, ya’ni ularda o‘zak, qo‘shimcha va tovush muntazam mos keladi.

  1. Xom-som oilasi 3 guruhga bo‘linadi: A. Berber guruhi – Tripoli janubi, Tunis, Aljir, Marokko: 1) shilx, 2) tuareg, 3) kabil, 4) amazir – tirik (jonli) tillar; 5) luviy, 6) numidiy, 7) getul – o‘lik til. B. Misr guruhi: 1) qadimgi yahudiy tili; 2) kopt tili – o‘lik til. V. Kushit guruhi. Quyi kushit: 1) bedia (bishari, bezavis) Qizil dengiz va Nil orasida; 2) saxo, 3) afar (dalkali), 4) somali. Yuqori kushit – Efiopiyaning g‘arbida: 1) agav (bilin, xamir, kvara); 2) sidam (kafra). O‘rta kushit - galla (Somalining g‘arbidan Markaziy Afrikaning shimoligacha).
  2. Kavkaz oilasi. 1.G‘arbiy guruh: abxaz, kabardin, cherkas, adigey. 2. Nax tillari: chechen, ingush, batsbiy. 3. Dog‘iston tillari: avar, dargin, lezgin, lak, tabasarin, andiy, karatin, tindin, chamolin, bagaul, axvax, butlix, gadoberin, sez, betetin kabilar.
  3. Ugor – fin oilasi. 3 yirik guruhga ajratiladi: 1. Ugor tillari: vengr (mojor), mansiy, xanti.2. Fin tillari: fin, saam, karel, komi, eston, udmurt, mariy, mordov. 3.Samodiy tillari: nenes, enes, selkum.
  4. Tungus – manchjur oilasi. 1.Tungus guruhi: evenk, even, negidal; 2. Manchjur guruhi: manchjur, nanay, udey, ule, orog.

VI. Xitoy-tibet oilasi. 1. Xitoy tili – 450 million (7 ta bir-biridan juda farq qiluvchi shevalardan iborat). 2. Dungan: Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda 22 ming kishi, G‘arby Xitoyda 10 million kishi so‘zlashadi; 3.Vetnam (annam). 4. Siam (tay) Hindistonning g‘arbi, Tay. 5. Tibet. 6. Birma tili. 7. Assam tillari.

  1. Dravid oilasi: tamil, malalayam, telugu, kannar, tulu, barxun, gandi.

VIII. Malay-polineziya oilasi: malay, yava, dayak, tagal, batak, age, bali, madur, torigi, bug‘iy kabilar.

  1. Afrika oilasi. 1.Sudan tillari: nil-chad, nil-abissin, nil-ekvatorial guruh, kardofan, nil-kong, ubang, shor, dagaliy va hokazo. 2. Bantu tillari: bube, lundu, fang, kongo, rundi, ganda, poto, igala, luba, bemba, subiyl, suaxili, sanga, shambala, zulu, soto, venda, lunda.
  2. Avstraliya oilasi. Bu yerda mahalliy xalq tillari juda ko‘p, eng asosiy til aranta tili hisoblanadi.
  3. Papuas oilasi. Yangi Gvineya, G‘arbiy Eron hamda Malaneziyadagi ba’zi orollar tili, barchasi yozuvsiz. So‘zlashuvchilar soni 1000 dan oshmaganligi sababli, til va dialektlar aniq farqlanmagan. Bu tillarga: xagen (medyapa), chimbu (kuman), xuli, kamano, abelam (maprik), ngalum, sianelar kiradi.
  4. Eskimos oilasi. Vrangel, Chukotka, Kanada, Alyaskada tarqalgan.
  5. Paleosiyo oilasi. 1) Chukot tillari: chukot, koryak; 2) Sibir guruhi: odul, nix.
  6. Mo‘g‘ul oilasi. 1) a) xalxa - mo‘g‘ul tili; 2) buryat tili; 3) qalmoq tili.
  7. Uzoq Sharqning birorta oilaga kirmagan tillari. 1) Yapon tili. 70 million kishi gaplashadi. 2) Ryukyu – Ryu-Kyu orollarida (yapon tiliga yaqin); 3) Koreys tili. 30 million kishi gaplashadi; 4) ayn tili 15 ming kishi gaplashadi. Yaponiyadagi Xokkondo orollari, Saxalin orolining janubi, Kuril orollari.
  8. Turkiy oila. Bu ham yirik oila, 30 ga yaqin til kiradi. Bu tilda so‘zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit’asida yashaydi. Turkiy tillar oilasiga quyidagilar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, bashqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, qirg‘iz, o‘zbek, qoraqalpoq, chuvash, uyg‘ur, qozoq. Mazkur oila – bulg‘or tillari guruhi, o‘g‘uz, qipchoq, o‘zbek va uyg‘ur, o‘g‘iz guruhi, qirg‘iz-qipchoq tillari guruhiga ajratiladi.

          Tillarning morfologik tasnifi. Tilshunoslikda tillarning morfologik tasnifi muhim ahamiyatga ega. Bu tasnifning ahamiyatli tomoni shundaki, tillar morfologik xususiyati, tiplari asosida muayyan guruhga birlashtiriladi va, qat’iy tasnifga erishiladi. Morfologik tasnif tillarning kelib chiqishi, tarixi, qarindoshlik aloqalari bilan qiziqmaydi, balki tillarning grammatik xususiyatlarini, aniqrog‘i, o‘zak va affikslarni qarama-qarshi qo‘yish asosida taqqoslab o‘rganishga asoslanadi. Morfologik tasnif asosida til tiplari aniqlanadi va ajratiladi. U yoki bu tilning qaysi morfologik tipga mansub ekanligini aniqlash uchun esa shu tillardagi so‘z qurilishi (strukturasi) o‘rganiladi.

XIX asr o‘rtalarida nemis komparativist olimi Avgust Shleyxer (1821–1868), aka-uka Shlegellar (Fridrix Shlegel va Avgust Shlegel) hamda Gumboldt g‘oyalarini umumlashtirib, o‘zaklar – ma’no, affikslar esa munosabatni ifodalashini isbotlaydi. O‘z vaqtida F.Shlegel (722–1829) o‘zining «Hindlarning donoligi va tili» (1809) nomli asarida sanskrit tilini grek, lotin va turkiy tillar bilan chog‘ishtirib, tillarni ikki tipga ajratiladi: a) affiksli tillar, b) flektiv tillar. Avgust Shlegel esa o‘zining «Provansal tili va adabiyoti haqidagi mulohazalar» (1818) nomli asarida tillarni 3 tipga bo‘ladi: a) flektiv; 2) agglyutinativ va 3) amorf tillar. V.Gumboldt esa bu qatorga polisintetik tillar guruhini ham qo‘shadi. Avgust Shleyxer mana shu faktlarga asoslanib, dunyo tillarini 3 tipga ajratadi: o‘zakli yoki ajratuvchi (ruscha: kornevie, izoliruyushie), agglyutinativ va flektiv. Tillarning morfologik tasnifi masalasi bilan G.Shteyntal (1821–1889), N.Fink, Moskva tilshunoslik maktabining asoschisi F.Fortunatov ham shug‘ullangan (1848–1914). Xullas, dunyodagi barcha tillar morfologik tasnif asosida 4 tipga ajratiladi: I. O‘zakli yoki ajratuvchi tillar.II. Agglyutinativ tillar. III. Flektiv tillar. IV. Polisintetik tillar.(q. Agglyutinativ tillar, Flektiv tillar).

1. tasnif etmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.

2. tasnif qilmoq: ma’lum belgi -xususiyatlari asosida tur, turkumlarga ajratmoq, tur, turkumlarini belgilamoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.