1. Uzun, ensiz teri.
Botir arslonni o‘ldirib, terisidan bir tasma oldi.
Ertaklar
2. Shunday ko‘rinishda bo‘lgan, bog‘lash, biriktirish va shu kabilar uchun ishlatiladigan, teri yoki pishiq matodan yasalgan ensiz buyum; qayish, kamar.
Boboqul ota qo‘zichoqning qo‘ltig‘idan brezent tasma tortardi-da, kichkinagina tarozining ilgagiga ilib ko‘tarardi.
S. Anorboyev, Oqsoy
3. Ba’zi bir mexanizmlar yoki transport moslamalarining to‘xtovsiz harakatlanishi va boshqalar vazifa uchun qo‘llanadigan, charm yoki boshqa pishiq to‘qimadan ishlangan uzun buyum; lenta.
Yaqin kelgusida hozirgidan uch baravar ko‘pga chidaydigan kapron tasma ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
S. Abdullayev, Gazlamaning umri
4. Lenta.
Bir dam olish kuni Toshkent radiosidan ikkita muxbir kelib, so‘zimizni magnit tasmasiga yozib oldi.
T. Rasulov, Sarbon