1. Ommaga siyosiy yoki boshqa jihatdan ta’sir ko‘rsatish maqsadida yozma va og‘zaki ravishda qilinadigan ishlar, tadbirlar.
Hay, xotin kishi ekansiz, erkak kishi bo‘lganingizda, bu teskari tashviqotingiz uchun sog‘ qo‘ymas edim.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Undov, da’vat.
Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘sha vaqtlardagi tashviqotlari ham, uning [Zaynabning] tarafidan faqat kelinlik majburiyati ostida qabul qilindi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar