1. Narsani qo‘ldan, yelkadan yoki boshqa joydan uzib, quyi tomon (irg‘itib, otib va hokazo) tushirmoq, yo‘naltirmoq.
G‘ulomjon supurgini tashlab, qo‘llarini qoqdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. Narsani biron boshqa narsa, joy ustiga, ostiga yoki ichiga yo‘naltirmoq, olmoq, solmoq, qo‘ymoq.
Qizlar ichkaridan Hakimaning boshiga oq shol ro‘mol tashlab, yetaklab chiqdilar.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
3. Kuch, zarb bilan intilmoq, o‘zini otmoq.
Zuhra Saodatxonga o‘zini tashlab, mahkam quchoqlab oldi.
S. Zunnunova, Yangi direktor
4. Biror ish, vazifa va shu kabilarga yo‘naltirmoq, yo‘llamoq; safarbar qilmoq.
Dushman bor kuchini jon holatda qarshi hujumga tashladi.
Gazetadan
5. E’tiborsiz, aloqani uzib va boshqalar holda qoldirmoq.
Do‘st so‘zini tashlama, Tashlab, boshingni qashlama.
Maqol
6. Barham bermoq, yo‘q qilmoq; yig‘ishtirmoq (ba’zi odat, xatti-harakat kabilar haqida).
[Dadam] Aroqni tashlagan bo‘lsalar-a! Rosa maza bo‘lardi-da.
E. Raimov, Ajab qishloq
7. Pasaymoq, tushmoq.
Sovuq bir oz tashladi. Narxlar ancha tashladi.
Gazetadan
8. Raqsga tushmoq; o‘ynamoq.
Raqsga tushmoq; o‘ynamoq.
Gazetadan
9. -(i)b qo‘shimchali ravish-dosh shakliga qo‘shilib, harakatning keskin, kuchli tarzda yuz berishini bildiradi.
Shu yerning o‘zida podshoh kishilari uni tutib olib, tilka-pora qilib tashlagan edi.
Mirmuhsin, Me’mor