1. Tuzilmoq, yuzaga kelmoq. Yangi yerlar ochilib, butun boshli yangi xo‘jaliklar tashkil topdi. O‘zbekiston qo‘riqlari;
2. Tarkibiy qismlardan butunlik hosil qilmoq, iborat bo‘lmoq. O‘rmonjon yer islohotidan keyinroq sobiq batraklardan tashkil topgan kolxozga rais bo‘ldi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. Uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. Hatto bir kuni qismdagi havaskor san’at-chilar tashabbusi bilan katta yerto‘lada konsert tashkil qilindi. A. Qahhor, Oltin yulduz;
4. Tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq. Narigi tomon o‘rdaning ichkari qismini tashkil etib, unda bek — hokim oilasi turar edi A.Qodiriy, O‘tgan kunlar
1. tashkil etmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.
2. tashkil qilmoq: 1.uyushtirmoq, tuzmoq, yaratmoq. 2.tarkibiy qismga kirib, butunlik yuzaga keltirmoq.