Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tashi} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ta-shi-moq
Izoh(lar)i:
tashi fl

1. 1. Narsalarni bir yerdan ikkinchi yerga ko‘tarib yoki transport vositalariga ortib ko‘chirmoq, eltmoq. Chelakda suv tashimoq. Mashinada g‘isht tashimoq. — Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erin-ma! Maqol
To‘ybeka ichkari bilan tashqariga yugurib, dasturxon yangilar, choy tashir edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Tevarak atrofda ketmon urayotgan, zambillab, qop-lab tuproq tashiyotgan qanchadan-qancha odamlar ham, xuddi Ro‘zimatday, jadallab shilar edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. O‘zlashtirish, o‘ziniki qilish maqsadida olib ketmoq. Nim qursa, uyiga tashiydi. Tashib ketmoq. Tomlari buzilib, yog‘ochlari ham tashib ketilgan. Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar

3. ko‘chma hma O‘zi bilan olib, saqlab yurmoq. Vatanga sevgini o‘lguncha yuragida tashidimi, bu sevgini ko‘ksida saqlab uxlasin! Oybek, Quyosh qoraymas
maqollar katta bir mazmunni tashib, yozuvchi niyatini aniq, qisqa va ta’sirli usulda ifodalashni ta’min etadi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.