1. Biror ishga boshlovchi, da’vat etuvchi sa’y-harakat, g‘ayrat.
Odamlarda g‘ayrat va tashabbus yashnab ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. Uddaburonlik bilan mustaqil ish olib borish xislati, biror ishda boshchilik, yetakchilik roli.
[Elmurod] Bu muvaffaqiyatni to‘la va butunlay ko‘lga kiritish uchun, bu ishda ko‘proq tashabbus ko‘rsatayotgan Gulsumga doimiy ta’sir qilib turish lozimligini hech bir unutmadi.
P. Tursun, O‘qituvchi