Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tasdiq} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tas-diq-la-moq
Izoh(lar)i:
tasdiq [tas-diq ]

1. Biror narsaning haqligi, to‘g‘riligi yoki ma’qulligini tan oluvchi so‘z, imo-ishora kabilar; ma’qullash, to‘g‘ri deb bilish. Akbarov unga tasdiq ma’nosida bosh irg‘ab, Mahkamga gapirishda davom etdi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. To‘g‘ri, haqiqat ekanlikni qayd etuvchi narsa, fakt; isbot. Xalq demokratiyasi mamlakatlari bilan do‘stlik, hamkorlik mustahkamlanganligi baynalmilalchilik g‘oyalarining amaliy tasdig‘idir. Gazetadan

3. Ma’qullanganlik haqidagi rasmiy qayd, qaror. Mana bu — bo‘limning butun tasdiqlardan o‘tgan tematik plani. S. Karomatov, Oltin qum

4. Inkorga zid mazmunli. Kesimi inkor shaklida bo‘lib, tarkibida qandoq, nima, ozmuncha so‘zlari ishtirok etgan gaplar tasdiq fikrni ifodalaydi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.