Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tasdiq}
So‘z bo‘g‘inlari: tas-diq
Izoh(lar)i:
tasdiq [tas-diq ]

1. Biror narsaning haqligi, to‘g‘riligi yoki ma’qulligini tan oluvchi so‘z, imo-ishora kabilar; ma’qullash, to‘g‘ri deb bilish. Akbarov unga tasdiq ma’nosida bosh irg‘ab, Mahkamga gapirishda davom etdi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. To‘g‘ri, haqiqat ekanlikni qayd etuvchi narsa, fakt; isbot. Xalq demokratiyasi mamlakatlari bilan do‘stlik, hamkorlik mustahkamlanganligi baynalmilalchilik g‘oyalarining amaliy tasdig‘idir. Gazetadan

3. Ma’qullanganlik haqidagi rasmiy qayd, qaror. Mana bu — bo‘limning butun tasdiqlardan o‘tgan tematik plani. S. Karomatov, Oltin qum

4. Inkorga zid mazmunli. Kesimi inkor shaklida bo‘lib, tarkibida qandoq, nima, ozmuncha so‘zlari ishtirok etgan gaplar tasdiq fikrni ifodalaydi. O‘TA

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tasdiq-inkor shakllariodatda gap kesimiga aloqador,harakatning yuz berish/yuz bermasligini bildirish shakli. Kesim tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi shart.

Tasdiq quyidagicha ifodalanadi:

1) nol shakl orqali –O‘qiyman. Keldim;

2) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining har ikki qismiga inkor qo‘shimchasini qo‘shish orqali (aytmay qo‘yma, yozmay turma, kelmay qolmayman);

3) faqat ohang yordamida (kinoya) –Bormaysan-a, bormaysan!

Inkor esa quyidagi shakllar yordamida hosil qilinadi:

1) -ma eng ko‘p qo‘llanadigan shakl: o‘qi –o‘qima, keldi –kelmadi, borgan –bormagan, yuryapti –yurmayapti, to‘xtabdi –to‘xtamabdi kabi. U -mas, -may, -maslik ko‘rinishiga ham ega: aytmas (so‘z), aytmay, aytmaslik;

2) emas fe’l-kesimdagi -gan/kan/qan va -moqchi qo‘shimchasidan va ismdan keyin kelib, bo‘lishsiz shaklni hosil qiladi: kelgan – kelgan emas, borganman – borgan emasman, o‘qimoqchisan – o‘qimoqchi emassan.

3) yo‘q modal so‘zi gan/kan/qan va yotgan/ayotgan qo‘shimchali fe’lning kesimdagi bo‘lishsiz shaklini vujudga keltiradi. Bunda egalik shakli ham qo‘shiladi: Borgani yo‘q. Aytayotganim yo‘q;

4) na inkor yuklamasi yordamida ham ifodalanadi: Bugun na o‘qidim, na yozdim.

5) faqat ohang (kinoya, piching asosida) orqali ham voqelanadi: Borasan-a, borasan! Borib bo‘libsan!

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik va tasdiq-inkorni farqlash kerak. Fe’l kesimdan boshqa vazifada kelganda bo‘lishli-bo‘lishsizlikka ega bo‘ladi: o‘qigan bola – o‘qimagan bola kabi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik faqat kesimdan boshqa vazifadagi fe’lga, fe’lga, tasdiq-inkor kesim vazifasidagi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos.

1. tasdiq etmoq: tasdiqlamoq.

2. tasdiq qilmoq: tasdiqlamoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.