Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tasanno}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-san-no
Izoh(lar)i:
tasanno [ta-san-no ]

1. Madh, maqtov; olqish. Boyatdan beri tantiqliklaridan ichida kulib kelayotgan Hafiza o‘zgardi, u Shahnozaxon opaga jilmayib boqdi — bu uning tasannosi edi. Mirmuhsin, Umid

2. Qoyil, ofarin; tahsin. Taqsir yerning tagida ilon qimirlaganini bilasiz-a. Tasanno! Sh. Toshmatov, Erk qushi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balli [f-t][f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Balli – barakalla – ofarin – yashavor – tasanno – sallamno
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.