Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tasadduq}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-sad-duq
Izoh(lar)i:
tasadduq [ta-sad-duq ]

1. Sadaqa; qurbon, fido. Qaniki topilsa yorim, Tasadduqdir harna borim. Ravshan

2. Sadaqa bo‘lay, o‘rgilay. Hammasini kiyib, zeb-u ziynatlarni taqib olibsiz-ku, tasadduq. K. Yashin, Hamza

3. Tahsin, ofarin, tasanno. Seni tug‘gan onangga ming tasadduq, Qay yigitning sendek baxtiyori bor. Yo, Mirzo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. jonim tasadduq: Jonim sadaqa, qurbon bo‘lay, jonim fido bo‘lsin.

2. tasadduq bo‘lmoq: aylanib o‘rgilmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.