Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarvaqayla} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tar-va-qay-la-moq
Izoh(lar)i:
tarvaqayla fl

1. 1. Yoyilib, har tomonga shox otib ketmoq (daraxt haqida). Har yoqqa tarvaqaylab o‘sgan beso‘naqay, qari tollarning ko‘lankasi quyuq. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Yoniga, atrofiga cho‘zilmoq, keng ochilmoq. Meshday qappaygan korni yurgani-da ham silkinar, tirsillab turgan oppoq yelini sonlariga shalop-shalop urilar, o‘rta ko‘lday yo‘g‘on-yo‘g‘on, tarvaqaylab ketgan emchaklaridan yo‘l-yo‘lakay sut tiz-tiz tirqirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
— E, bo‘ldi, bo‘ldi, — lablari tarvaqaylab iljaydi Halimboy. F. Musajonov, Nozik masala
Rahimning og‘zi tarvaqaylab ketdi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

3. 3. Yalpaymoq; lapanglamoq. Sinfga uzun malla to‘n, ko‘k duxoba do‘ppi kiygan, qip-qizil yuzli, o‘rta bo‘yli bir kishi tarvaqaylab kirib keldi. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.