Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tartib} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tar-tib-la-moq
Izoh(lar)i:
tartib [tar-tib ]

1. . Ish-harakat, tadbir-chora va shu kabilarning amalga oshuvida rioya qilinadigan ma’lum izchillik, reja, qonun-qoida va shu qonun-qoidalarga javob beradigan holat. [Zargarov:] Majlisda tartib bo‘lishi kerak! [Po‘latjon domla:] Bugungi majlisning tartibi shunaqa. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

2. Narsalarning joylashuvi va shu kabilar jihatdan mutanosiblik bo‘lishi, me’yoriy holat. Hovlilarga tartib bilan meva daraxtlari ekilgan. S. Siyoyev, Yorug‘lik

3. Shaxs yoki narsalarning o‘rinlashish tizimida qo‘llangan yo‘l; sira. Pochtaxona orqaga qiyaroq o‘rnatilgan gazeta vitrinasidan iborat bo‘lib, unga alifbo tartibida yashiklar o‘rnatilgan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. Yo‘l-yo‘riq, usul, yo‘sin. xon qo‘shinlarning shaharga kirish va joylashish tartibini oldindan o‘ylab qo‘ygan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.