Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarqoq}
So‘z bo‘g‘inlari: tar-qoq
Izoh(lar)i:
tarqoq [tar-qoq ]

1. Bir yerga g‘uj bo‘lib to‘planmagan, bir-biridan uzoq joylashgan. U [Sohib] lapanglab o‘rnidan turdi, uyushgan tizzalarini uqaladi, tarqoq qog‘ozlarini yig‘ishtirib, yana o‘rniga o‘tirdi. Oybek, Navoiy

2. Yaxshi uyushmagan, birlashmagan; parokanda. Vaholanki, bizda mavjud bo‘lgan agrokimyo xizmati laboratoriyalari tarqoq hol-da ish ko‘rib kelmoqda. Gazetadan

3. Tarqalgan, sochilgan, parishon. Qiz sochiday xayoli tarqoq, Tosh ustida o‘y surar cho‘pon. T. To‘la

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.