Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarqa} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: tar-qa-moq
Izoh(lar)i:
tarqa fl

1. ayn. Tarqalmoq. Guldur etib bulut tarqab, Yalt-yult etib chaqmoq chaqdi. Hamza
Nizomiddinov qancha o‘ylamasin, o‘yining oxiri tutunga o‘xshab tarqab ketaverdi. S. Ahmad, Hukm
Gohi oqshom bog‘lar ora-lab, Dardlashgali kelar cho‘poni. Orom gulshaniga o‘ralar Bir dam tarqar dardi-armoni. T. To‘la
To‘y tarqaganda, bir to‘da qiz, yigitlar kelin va kuyovni kuzatib, mashinalarda Norqo‘zinikiga ketishdi. G‘ulom, Senga intilaman

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.