1. Soch, soqol tarash uchun ishlatiladigan, yog‘och, metall, suyak va shu kabilardan yasalgan tishli buyum.
Tal’at shimining cho‘ntagidan taroq olib, sochini tekislarkan, tag‘in jilmaydi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Matoga bosiladigan shu nusxadagi naqsh, taram-taram gul.
Jonoqi olmalarning ikki betidagi naqsh Marg‘ilon atlasining mayda taroqlarini eslatadi.
S. Akbariy, Shodlik davomi
3. Dastgoh, moslama va shu kabilarning narsalarni tarash yoki titish uchun xizmat qiladigan qismi.
Bu yerning bola-chaqasi tili chiqib, avval bilgan so‘zi — arqoq bilan tarog‘-u naycha bilan moki.
A. Muxtor, Opa-singillar