Tarixiy so‘z – hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiradi: 1) ijtimoiy-siyosiy nom: podsho, xon,qul, quloq, batrak, qarol, chorikor; 2) mansab, amal, unvon nomi: qozi, amin, bek, amir, arbob, udaychi, g‘unchachi, shotir, zakotchi; 3) buyum nomi: qalqon, dubulg‘a, sovut, charx, duk, halaj, kajava, foytun, dilijon, kashkul; 4) o‘lchov, pul birligi nomi:botmon, dirham, miri, paqir, qadoq, tanob arshin; 5) kiyim-kechak nomi:kuloh, choriq, paranji, chachvon, qalami, hirqa; 6) hujjat nomi: vasiqa, sanad, taraka xati, vaqfnoma; 7) maorif atamasi: mudarris, xalfa, haftiyak.
Tarixiy so‘z bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, uning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin.Ayrim ko‘p ma’noli so‘zning ba’zi ma’nosi tarixiylashib, boshqasi saqlanib qoladi. Mas., millat so‘zining Millatingni ayt: – Ibrohim Xalilulloh millati gapidavoqelangan«biror dinga mansublik» tarixiy ma’nosi eskirgan.
Tarixiy va arxaik birlikning muhim belgisi:
1) arxaik so‘z hozir mavjud narsaning, tarixiy so‘z–o‘tmish narsa-hodisasi atamasi;
2) arxaizmning hozirgi tilda ma/nodoshi mavjud, tarixiy so‘zda esa yo‘q;
3) tarixiy so‘znarsa/hodisaning yakka nomi, arxaik so‘z birdan ortiq nomning biri.