Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarix}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-rix
Izoh(lar)i:
tarix [ta-rix ]

1. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelgan voqelik, hayot. Bashariyat tarixi zulm, haqsizlik, talonchilik davrini poymol etib, erk va adolatning nurli asriga g‘olibona yurayotir. Oybek, Nur qidirib

2. O‘tmishga oid fakt va hodisalar majmui; o‘tmish, kechmish. Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o‘zbegim E. Vohidov, Muhabbat

3. Biror narsa, voqea-hodisa yoki shaxsning o‘tmish hayoti. Ota-bobolaridan eshitgan shahar tarixi, chekkan jabr-u jafolari ko‘z oldidan o‘tardi. Mirmuhsin, Me’mor

4. Jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyotini o‘rganuvchi fan. Yangi tarix. O‘rta asrlar tarixi. O‘zbekiston tarixi. Jahon tarixi. Mushtum

5. Tabiat va jamiyatning, undagi ma’lum sohalarning rivojlanishi, o‘zgarishi bilan bog‘liq tomonlarni o‘rganuvchi fan. Musiqa tarixidan dars bermoq. Tilshunoslik tarixi. Mushtum

6. Biror narsa, voqea-hodisaning yuz berishi bilan bog‘liq ma’lumotlar majmui. Men achchiq oilaviy fojianing tarixini bilib oldim. Yoshlik

7. Biror ishning bajarilganligini, biror voqea-hodisa qachon bo‘lib o‘tganligini, mashhur kishilarning tavalludi va vafotini ko‘rsatuvchi aniq kalendar vaqt, sana (mumtoz adabiyotdagi san’at turi sifatida ta’rix deb ham yuritiladi). O‘ng tomondagi toshga arab alifbesining qadimgi imlosida yirik qilib “Ma’rifatxon jannat makon, deb yozilgan va hijriy bilan 1335, deb tarix qo‘yilgan edi. A. Qahhor, Xotinlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Tarixiyan’anaviy yozuvso‘zning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmasa-da, qadimdan o‘zlashib qolgan shaklda yozishga asoslangan imlo tamoyili.Boshqacha aytganda, so‘z hozirgi holatiga ko‘ra emas, balki an’ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko‘ra yoziladi: Chor Rossiyasi(asli sar),pudratchi (aslipodryadchik), tamagir (asli ta’magir), taqiqlamoq (asli ta’qiqlamoq) kabi. Hozirgi orfografiyada tarixiyan’anaviy yozuvasosida yoziluvchi ba’zi shakl quyidagilar: 1. Buyruqistak mayli eski adabiyotimizda qo‘llanib kelgan an’anaga ko‘ra, she’riyat va nasr tilida ba’zan gil, g‘il tarzida ishlatiladi: borgil // borg‘il. 2. Maqsad ma’nosini anglatuvchi gani shaklining gali, g‘ali, kali, qali shakllari. 3. Hozirgikelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi ur shakli:

Yulduzlar o‘tiga bardosh berurman

Fazolar taftiga qilurman toqat.  (A.Orip.)

4. mu so‘roq yuklamasi:

Sevgini tortib bo‘lurmu

Toshu tarozi bilan.    (E.Voh.)

 

Tarixiy so‘z – hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiradi: 1) ijtimoiy-siyosiy nom: podsho, xon,qul, quloq, batrak, qarol, chorikor; 2) mansab, amal, unvon nomi: qozi, amin, bek, amir, arbob, udaychi, g‘unchachi, shotir, zakotchi; 3) buyum nomi: qalqon, dubulg‘a, sovut, charx, duk, halaj, kajava, foytun, dilijon, kashkul; 4) o‘lchov, pul birligi nomi:botmon, dirham, miri, paqir, qadoq, tanob arshin; 5) kiyim-kechak nomi:kuloh, choriq, paranji, chachvon, qalami, hirqa; 6) hujjat nomi: vasiqa, sanad, taraka xati, vaqfnoma; 7) maorif atamasi: mudarris, xalfa, haftiyak.

Tarixiy so‘z bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, uning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin.Ayrim ko‘p ma’noli so‘zning ba’zi ma’nosi tarixiylashib, boshqasi saqlanib qoladi. Mas., millat so‘zining Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati gapidavoqelangan«biror dinga mansublik» tarixiy ma’nosi eskirgan.

Tarixiy va arxaik birlikning muhim belgisi:

1) arxaik so‘z hozir mavjud narsaning, tarixiy so‘z–o‘tmish narsa-hodisasi atamasi;

2) arxaizmning hozirgi tilda ma/nodoshi mavjud, tarixiy so‘zda esa yo‘q;

3) tarixiy so‘znarsa/hodisaning yakka nomi, arxaik so‘z birdan ortiq nomning biri.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.