Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tariqa}
So‘z bo‘g‘inlari: ta-ri-qa
Izoh(lar)i:
tariqa [ta-ri-qa ]

1. Ba’zi so‘zlar bilan egalik shaklida, shuningdek, shu, bu, qay kabi olmoshlar bilan qo‘llanib, yo‘l, yo‘sin ma’nosini bildiradi. Yoshlikda ikkovimizning kun ko‘rish tariqamiz, ongimiz bir edi. A. Qahhor, Sarob

2. Bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanib, o‘xshatish, qiyos kabi ma’no bildiradi; yo‘sinida, tarzida. Qo‘ltiqtayoqqa dardisar bo‘lding! degan hazil-mutoyiba tariqasida aytilgan so‘z, to‘g‘risi, izzat-nafsimga tegdi. N. Safarov, Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tarzda
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shariat – tariqat – ma’rifat – haqiqat
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvufiy bosqichlarning joylashuviga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.