1. Cheti bir oz ko‘tarilgan, tubi keng, yassi oshxona idishi; likopcha.
Oshqovoqdan pishirilgan qozon somsani tarelkaga tuzab ularning oldiga olib borib qo‘yib, O‘zi uyga kirib ketdi.
S. Zunnunova, Olov
2. Bir-biriga uriluvchi ikkita metall barkash shaklidagi urma cholg‘u asbobi.
3. Afsona tarzidagi, tarelkaga o‘xshash, osmonda uchib yuruvchi noma’lum jism.
Yulduz desa, yulduz emas, Yo yo‘ldoshmi bir daydi. Har holda, u shov-shuv solgan Tarelkaga o‘xshaydi.
A. Oripov, Yillar armoni