Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tarbiyasiz}
So‘z bo‘g‘inlari: tar-bi-ya-siz
Izoh(lar)i:
tarbiyasiz [tar-bi-ya-siz ]

1. Tarbiya olmagan, axloqsiz. Tarbiyasizning bir qilig‘i ortiq, degan maqol bor. A. Qodiriy, Obid ketmon

2. Shu ma’nosi bilan haqorat uchun qo‘llanadi. U avtobusdan tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlagancha, Hojiga qaradi va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni tarbiyasiz! dedi. A. Qahhor, Asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adabsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Adabsiz – tarbiyasiz – axloqsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.