Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {taraq} (a){tur} - uq ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi )-
So‘z bo‘g‘inlari: ta-raq(-a)--tu-ruq
Izoh(lar)i:
taraq ys

1. taql. s. Ikki quruq narsaning bir-biriga qattiq urilishidan chiqqan tovushni bildiradi. Taraq etib eshikni yopmoq. Xola taraq etkazib, bo‘sh chelakni yerga qo‘ydi. Gazetadan

2. Ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, shu so‘z anglatgan narsaning yuqori darajasini bildiradi. — Pichog‘imiz moy ustida deng! Kasod bo‘lib qolgan bozorimiz yana taraq bo‘lar ekan-da! — dedi kavushdo‘z aka Nav-ro‘zga. M. Osim, Elchilar
Bitta-yarimtasi vahimaliroq bir gap eshitdimi, darrov mol narxini oshiradilar. Urush bahona bo‘ldi ularga. Bizning xo‘jayin-chi? Ishi taraq! Oybek, Tanlangan asarlar
Kayfi taraq Tantiboyvachcha Salimni yupatish uchun ichkilikni mo‘l ichirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Birinchi qalin qordan keyinoq qaqshatqich izg‘irinlar bo‘lib, hamma yoq taraq muzladi. H. Nu’mon va A. Shorahmedov, Ota

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.